Bog’lanish

BPO logistikasi

Logistika kompaniyalari ta'minot zanjiri operatsiyalarini boshqarish va amalga oshirish bilan shug'ullangani sabab biznes jarayonlari autsorsing xizmatlaridan foydalanish ular uchun muhimdir. BPO logistikasi xizmatlari biznes jarayonlar uchun mijozga tejamkor, aniq va qulay yechimlarni taqdim etishni o'z ichiga olishi kerak. Bu kompaniyani to'liq optimallashtirish va rivojlantirishga imkon beradi.

Bu qanday ishlaydi

24/7 Qo'llab-quvvatlash

Yirik biznesda o'z vaqtida muvofiqlashtirish va muloqot muvaffaqiyatga erishishning kalitidir va buni hech kim bizdan yaxshiroq tushunmaydi. Shu sabab biz yuk tashish kompaniyalari va haydovchilar o'rtasida doimiy aloqa o'rnatish imkonini beradigan qulay 24/7 xizmatni taqdim etamiz. Biz tegishli tomonlarga jo'natiladigan xabarlarni muvofiqlashtiramiz, uchrashuvlar belgilaymiz, shuningdek shoshilinch xabarlarni yuboramiz va qo'ng'iroqlarni amalga oshiramiz.

Buyurtmani ko'rib chiqish va tasdiqlash

Revotech kompaniyasi buyurtmani ko'rib chiqish va tasdiqlash bilan bog'liq muhim marketing strategiyalariga ega yuqori malakali xodimlari bilan faxrlanadi. Shuningdek, ular hisob-kitob bilan shug'ullanadi va safar davomida ko'rsatilgan xizmatlarni kuzatib borish uchun qo'ng'iroqlarni boshqaradi.

Xodimlar va mijozlar o'rtasidagi mustahkam aloqa

Bizning yuqori malakali xodimlarimiz mijozlar bilan ochiq va shaffof muloqot qilish orqali yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishadilar. Har bir jarayon hujjatlardan tortib muzokaralar, mijozlarni qo'llab-quvvatlash va o'qitishgacha, mijozlar va xodimlarimiz o'rtasida muhokama qilinadi va muvofiqlashtiriladi. Bu omillarning barchasi sizga istalgan va mukammal biznes tajribasiga erishishingizga yordam beradi. Ha, bu siz o'ylagandek murakkab emas.

Dispetcherlik

Revotech yuk tashish kompaniyalari egalariga kundalik faoliyatidagi ko'plab ofis-orti vazifalarni boshqarishda yordam berish uchun dispetcherlik xizmatlarini taqdim etadi.

Kuzatuv

Biz obyektlaringizning amaldagi va o'tmishdagi joylashuvini, shuningdek, boshqa muhim ma'lumotlarni aniqlash uchun doimiy kuzatuv bilan shug'ullanamiz.

Xavfsizlik va avtoparkni boshqarish

Ishonchli boshqaruv tizimidan foydalangan holda, biz avtopark xavfsizligi strategiyasi, transport operatsiyalari, tashkilotlarning siyosati va tartiblarini doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashga intilamiz.

Savdo

Revotech sizga kuchli savdo jamoasi bilan ishlash va bu orqali o'z savdo guruhingizni yollash, o'qitish va qo'llab-quvvatlash kabi noqulayliklardan xalos bo'lish imkoniyatini beradi.

Call-markaz

Biz sizga mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini va ish jarayonining samaradorligini oshirishga hamda ularni saqlab qolishga imkon beradigan muloqot qilish bo'yicha takliflarni taqdim etishimiz mumkin.

Biz Texnologiyangiz Haqida Qayg'uramiz

E’tiboringizni o’z
Biznesingizga qarating

Biz bilan bog’lanish

2022 Barcha huquqlar himoyalangan. © JNM Technology LLC.