Bog’lanish

Omborlashtirish faoliyati ommalashayotgan davrda biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) ning o’rni

Chakana savdo sohasidagi sotuvchilar mustahkam onlayn savdo strategiyalarini ishlab chiqqanligi va odamlar elektron tijoratga o’rganganligi sababli, ushbu sohada sezilarli o'sish kuzatildi. Kelgusi yillarda ushbu o’sish davom etadi va logistikaning ombor sohasi rivojlanishni qo'llab-quvvatlashi lozim. Kattaroq omborxonalar, xususan, yirik aeroportlar va asosiy yo'llarga tutashgan omborxonalarning sanoat hududi sezilarli darajada kengaytirildi.

Omborning maydoni muammoning bir jihati xolos. Odamlarni boshqarish, ayniqsa, ijtimoiy masofa talablari tufayli ruxsat etilgan xodimlar soniga cheklovlar kabi masalalar haqiqiy muammoga aylandi. Shuningdek, ombor korxonalari pandemiya tufayli yuzaga kelgan kasallik va izolyatsiya tufayli malakali xodimlar yetishmovchiligi muammosiga yuz tutmoqda. Xarajatlarni muvozanatlashtirishda ishlab chiqarish darajasining mosligini ta'minlash aqlli yondashuvni talab qiladi. Biroq, bu o'sish, omborlarni saqlash joyini va mablag’larni samarali boshqarish kabi muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy masofa kabi Covid-19 cheklovlariga e'tibor qaratish orqali inson resurslarini boshqarish yanada kuchaytiriladi.

Optimallashtirish - bu yechim

Odamlar bajarishi mumkin bo'lgan ish hajmida jismoniy cheklovlar bor. Shunday ekan, ishlab chiqarish hajmini oshirishning birinchi bosqichi - xodimlar sonini ko'paytirish bo’ladi. Xodimlar sonini oshirish yoki kamaytirish jarayoni samarali bo'lishi uchun unumdorlik hajmi kamida 95% bo'lishi kerak. Shu sababli, mahsuldorlikni oshirish har qanday omborxona provayderi e'tiborga olishi kerak bo'lgan asosiy jihat hisoblanadi. Bu bosqich o’qitish, jarayonni optimallashtirish va ombor imkoniyatlaridan foydalanishni o'z ichiga oladi.

Agar omborlar kichik bo'lsa-yu, zaxiralar juda ko'p bo'lsa, ish hududida zichlik yuzaga keladi. Boshqa tomondan, agar zaxiralar yetarli bo'lmasa, omborlar buyurtmalarni bajara olmaydi. Ikkala holat ham daromadning yo'qotilishiga olib keladi. Bunda asosiysi, minimal vaqt ichida hajmni maksimal darajaga yetkazish bo'ladi. BPO (biznes jarayonlari autsorsingi) bo'yicha hamkorga ega bo'lish nafaqat jarayonni optimallashtirishni, balki xodimlar samaradorligini zarur darajaga yetkazishni ham kafolatlaydi. Shuningdek, agar qo'shimcha resurslar talab etilsa, BPO xizmatlarini ko'rsatuvchi provayder vaziyatga ko'ra o'z xodimlari sonini ko'paytirish yoki kamaytirish orqali yordam beradi.

Qo'shma hamkorlik

Bugungi kunda va kelajakda talab qilinadigan hajmlarning keskin o'sishini qondirish uchun omborlar tezda kengaytirilishi zarur. Shaffoflik va samarali rejalashtirish muhim ahamiyatga ega bo'ladi va bu muammoni qisqa muddatli hal qilish emas, balki sanoatning kelajagi haqida qayg'urishni nazarda tutadi. Ombor xizmatlari ta'minotchisi o'z ishini qanchalik to'g'ri yo'lga qo'ygan bo'lsa, faoliyatida omadga erishishining imkoniyati shunchalik oshadi. Chunki bozor o'zgarishlariga tezda moslashish qobiliyati muvaffaqiyatning o'ziga xos belgisiga aylangan. BPO xizmatlari provayderi omborxona va logistika xizmatlarini yetkazib beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'ysa, butun jarayon strategik tarzda rejalashtirilishi va o'zaro manfaatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Biz Texnologiyangiz Haqida Qayg'uramiz

E’tiboringizni o’z
Biznesingizga qarating

Biz bilan bog’lanish

2022 Barcha huquqlar himoyalangan. © JNM Technology LLC.