Bog’lanish

Ish haqini autsorsing qilishning 6 ta afzalligi

Kompaniya keng ko’lamli jarayon va funksiyalardan iborat bo’ladi. Ba'zilari biznesga qarab farq qiladi, biroq ish haqini hisob-kitob qilish - deyarli har bir tashkilot amal qiladigan jarayondir.

Demak, o’zingizga quyidagi savollarni bering:

  • Siz ishchilaringizning bank hisob-raqamiga to’g’ridan-to’g’ri to’lovni taklif qilasizmi?

  • Ular E-2 yoki to'lov tarixi kabi ish haqiga oid o’zlarining soliq hujjatlari bo’yicha ma’lumotlarga kirish imkoniyatiga egami?

Yo'q bo'lsa, quyida ish haqini hisob-kitob qilishni autsorsingga o’tkazishga arziydimi yoki yo’qmi bilib olasiz.

Ba'zi kompaniyalar ish haqini hisoblash jarayonlarini ish haqini hisob-kitob qilish dasturlari yordamida yoki o’zlari hisoblab chiqarish orqali amalga oshirsa, ba’zi kompaniyalar bu ishga professional xizmatni yollashni afzal ko'radi. Tejaladigan vaqt, mablag’ va oldi olinishi mumkin bo’lgan bosh og'riqlar hisobga olinsa, bu biznes funksiyani autsorsing qilish ko’p afzalliklarga ega.

Paychex tomonidan o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, taxminan 21% xodim ish haqini hisob-kitob qilish jarayoniga keragidan ortiq ko’p vaqt sarflanishini aytgan, 16% bir-nechta joyda ishlaydigan xodimlarning ushlab qolinishi kerak bo’lgan pul miqdori, soliqlar va hokazolarni hisoblash chalkash jarayon ekanligini aytdi. Ushbu muammolarga qaramay, korxonalarning taxminan 39% ish haqini qo’lda hisob-kitob qiladi, 22 foizi veb versiyalardan foydalanadi, 23% kompyuter ish stolidagi ilovalaridan foydalanadi.

Shuning uchun, bu muhim ishni tezroq ish haqini hisoblashning autsorsing xizmatiga topshirish haqida o'ylab ko'ring. Bu sizning biznesingizni oldi olinishi mumkin bo'lgan muammolardan himoya qiladi. Hali ham ishonchingiz komil bo'lmasa, keling, nima uchun ish haqini hisoblash tizimini to'liq boshqariladigan hisoblash xizmatiga autsorsing qilish sizga mos kelishini batafsil ko'rib chiqamiz.

Ushbu afzalliklar sizga ish haqi hisob-kitobini autsorsing qilish bilan bog'liq narxlarni qayta ko'rib chiqishga yordam beradi.

Vaqtni tejaydi

Biznesda vaqt muhim ahamiyatga ega. Kompaniyada ish haqini hisob-kitob qilish juda ko'p e'tibor va ancha vaqt talab etadi. Bundan tashqari, xodimlar ko’proq bo’lgani sayin, bu talablar ham ortadi. Chunki xodimlarning ish haqi o'z vaqtida to'lanishi uchun xato qilishga haqqingiz yo'q.

Ish haqini hisob-kitob qilishni xizmat ko'rsatuvchi tomonga topshirish, biznes bilan bog’liq boshqa muhim vazifalarni bajarish va xodimlarni boshqarish uchun vaqtdan unumli foydalanishga yordam beradi. Bundan tashqari, siz ish haqini hisoblash bo'yicha so'rovlarni ko'rib chiqish, ish haqi solig'ini hisoblash va shu kabi masalalar uchun alohida jamoa yollashingiz ham shart emas.

Ma'lumotlar xavfsizligini yaxshilaydi

Ish haqini kompaniyaning o’zida hisob-kitob qilish tizimining kamomad va shaxsiy ma'lumotlar o'g'irlanishi kabi o'ziga xos muammolari va xavf-xatarlari bor. Agar sizning o’z jamoangiz va ish haqini hisoblash bo'yicha dasturiy ta'minotingiz bo'lsa, asosiy muammoingiz jamoa a’zolarining maqsadi va ularning ma'lumotlarining xavfsizligiga bog'liq bo’ladi. Ya'ni, ish haqi hisob-kitobini boshqarish bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi provayder xodimlaringizga oid ma'lumotlarni xavfsiz, bulutli serverda saqlaydi va ular begona qo’llarga tushmasligini kafolatlaydi.

Bundan tashqari, mazkur tizim turli xil elektron usullardan foydalanadi, bu esa xatoga yo’l qo’yilganida mukammal kuzatuvni kafolatlaydi. Yana bir jihati, kompaniyaning o’zida ish haqini hisoblash jamoasi qimmatroqqa aylanadi va bu yo’l samarasiz.

Ish haqi bo'yicha mutaxassisni yollash

Ish haqi hisob-kitobi to'g'risidagi qonunlar, ish haqidan ushlab qolish stavkalari, qoidalar va boshqa omillar tez-tez keskin o'zgarib turadi. Bu o’zgarishlar kompaniyadagi jamoangizning ish haqini hisob-kitob qilishni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir qiladi. Ushbu o'zgaruvchan tashqi omillarga rioya qilish esa ko'p vaqt talab qiladi.

Ish haqini hisoblashni tajribali hisob-kitob qilish boshqaruvi xizmatiga topshirish muvofiqlik siyosatini saqlab qolgan holda, kiritilgan o’zgarishlar haqida xavotirlanmay, muammosiz ishlashga undaydi. Chunki mutaxassislar ish haqini hisoblash sohasida yuqori malakaga ega va bu sohadagi eng so'nggi qonun-qoidalardan boxabardir. Shunday ekan, ushbu mutaxassislar ish haqini hisoblash tizimiga har qanday yangilanish yoki o'zgartirishlar kerak bo'lganda sizga ma’lum qiladi.

Eng so’nggi texnologiyalardan foydalanish

Texnologik cheklovlar, virtual faoliyatga imkon yo’qligi va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash kompaniyalarning ish haqini hisoblash tizimini xizmat ko'rsatuvchi provayderga topshirishining eng muhim sabablaridir. Autsorsingning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u ko'pincha bulutli texnologiyalardan foydalanadigan va xodimlarga o’zlarining muhim shaxsiy ma'lumotlari bazasiga oson kirishni taklif qiladigan ish haqini boshqarish provayderiga ega.

Biz Texnologiyangiz Haqida Qayg'uramiz

E’tiboringizni o’z
Biznesingizga qarating

Biz bilan bog’lanish

2022 Barcha huquqlar himoyalangan. © JNM Technology LLC.